Faculty

Tarix fakulteti

Tarix, ijtimoiy fanlar, psixologiya, milliy g‘oya va huquq yo‘nalishlari.

Tarix fakulteti tarixi 1993-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining Filologiya fakulteti tarkibida “Tarix” ta’lim yo‘nalishi ochilishi bilan boshlangan va 1998-yilda alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Yillar davomida fakultetga Z.Zoirov, Sh.Muhammadiyev, G‘.Temirov, R.Rajabov, X.Qurbonov, R.Qarshiyev va U.Narzullayev kabi olimlar dekanlik qilgan; hozirda fakultetni dotsent Z.Tog‘ayev boshqarmoqda. Fakultet tarix, ijtimoiy fanlar, psixologiya hamda milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.

Kafedralar

Tarix kafedrasi

Tarix kafedrasi O‘zbekiston va jahon tarixi yo‘nalishlarida tarixchi kadrlar tayyorlaydi va mintaqa tarixi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi falsafa, sotsiologiya, politologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ta’lim beradi.

Psixologiya kafedrasi

Psixologiya kafedrasi psixolog kadrlar tayyorlaydi va shaxs psixologiyasi, ta’lim psixologiyasi sohalarida ilmiy ish olib boradi.

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq kafedrasi

“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq” kafedrasi 1991-yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasidan ajralib chiqqan va yillar davomida “Tarix va huquq”, “Huquqshunoslik” hamda “Milliy istiqlol g‘oyasi” nomlari bilan rivojlanib kelgan. Kafedra ma’naviyat, milliy g‘oya va huquq yo‘nalishlarida ta’lim beradi.

Xodimlar

AH

Abuyev Husan Odilovich

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq kafedrasi mudiri, falsafa doktori (PhD), dotsent