To‘lov va stipendiyalar

Xorijiy talabalar uchun o'qish to'lovlari va stipendiya imkoniyatlari.

52

Xorijiy talabalar uchun NavDUda o'qish to'lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. To'lov miqdori ta'lim bosqichi (bakalavriat yoki magistratura) va yo'nalishga bog'liq. Ayrim toifadagi talabalar uchun davlatlararo bitimlar doirasida stipendiyali o'rinlar ham mavjud.

Quyidagi jadvalda 2025–2026 o'quv yili uchun taxminiy summalar AQSh dollarida keltirilgan. Aniq summa va to'lov tartibi shartnoma tuzilishida belgilanadi.

O'qish to'lovi (taxminiy, yiliga)

Ta'lim bosqichiYo'nalishTo'lov (USD)
BakalavriatGumanitar va ijtimoiy fanlar1 500 – 2 000
BakalavriatAniq, tabiiy va tibbiyot fanlari2 000 – 2 800
MagistraturaBarcha yo'nalishlar2 200 – 3 000
Tayyorlov kursi (til)Bir yillik1 000 – 1 200

To'lov bo'yicha aniq ma'lumot oling

Yo'nalishingiz bo'yicha aniq to'lov, stipendiya va shartnoma shartlari haqida xalqaro aloqalar bo'limiga murojaat qiling.